2025 yilda maktab darsliklari va maşq daftarlari ijarasi uçun ota-onalardan tölov undirilmaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Avvalroq, budjetnoma loyihasida 2025–2026 öquv yilidan boşlab 2-11-sinflarda darslik va maşq daftarlari uçun ijara tölovi undiriş tizimini joriy etiş taklif etilgan edi.
“Darsliklar va maşq daftarlarining töliq davlat budjeti hisobidan çop etilişi ota-onalar mas’uliyati pasayib ketişi va darsliklarga nisbatan e’tiborsiz munosabatda böliş holatlarini keltirib çiqarmoqda”, – deya bu taklifni izohlagandi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Vazirlikning 12 dekabr kungi bayonotidan kelib çiqilsa, bu rejadan voz keçilgan.
“2025 yil uçun Davlat budjeti doirasida közda tutilgan mablağlar yangi öquv yilida öquvçilarni darsliklar va maşq daftarlari bilan ta’minlaş böyiça ehtiyojni töliq qoplaş imkonini beradi.
Bunda, ota-onalardan darsliklar va maşq daftarlari ijarasi uçun qöşimça tölov undiriş rejalaştirilmagan”, – deya ma’lum qildi IMV.
Qayd etilişiça, 2024 yilda maktab öquvçilari uçun 83,2 mln nusxa darslik va maşq daftarlarini yetkazib beriş uçun Davlat budjetidan jami 1,5 trln söm ajratilgan. Bu mablağlardan 435,5 mlrd sömi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan çop etiladigan maşq daftarlari uçun yönaltirilgan.
2025 yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va maşq daftarlari uçun jami 1,3 trln söm mablağlarni töliq Davlat budjetidan qoplaş közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, maktab ta’limi tizimida 2022 yildan beri darsliklar uçun ijara puli olinmayapti.











