Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aka-uka milliarder Magomedovlarning 13ta kompaniyasi xatlovga olindi
Moskva shahrining Preobrajyensk sudi aka-uka Ziyovuddin va Magomed Magomedovlarning «Summa» guruhi egalik qiluvchi 13ta kompaniya aksiyalarini xatlovga olish haqida qaror qabul qildi.
Moskva shahar sudi matbuot kotibi Ulyana Solopova so‘zlariga ko‘ra, «Summa»ning 13ta kompaniyasi xatlovga olinadi.
«Bu qarorga qarshi shikoyat arizasi berildi», - deya aytib o‘tdi Solopova.
Avvalroq, Moskva shahar Tver sudi aka-uka Ziyovuddin hamda Magomed Magomedovlarning mol-mulkini xatlovga olgandi.
Ziyovuddin va Magomed Magomedov jinoiy guruhni tashkil qilish, shuningdek, byudjyetni talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Yetkazilgan umumiy zarar 2,5 mlrd rubl ekani aytilyapti.
Mavzuga oid
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026