Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va Shimoliy Koreya yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazilmoqda – OAV
Foto: AFP
Yaponiya va Shimoliy Koreyaning yuqori lavozimli mansabdor shaxslari ikki davlat yetakchilari uchrashuvini tashkillashtirish bo‘yicha bir necha bor maxfiy muzokaralar olib borishgan. Bu haqda “Yomiuri” nashri ma'lum qildi.
Muzokaralar davomida tomonlar Shimoliy Koreyada zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan yaponiyaliklar muammosini hal qilish yo‘llarini hamda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Pxenyanga tashrifi yoki ikki yetakchining sentabrda xalqaro forumlardan biri doirasida uchrashishi imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.
“Kiodo” nashrining ma'lum qilishicha, ularning uchrashuvi sentabrda Vladivostokda o‘tadigan iqtisodiy forum doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Hukumatdagi manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, muzokaralar bahordan beri o‘ta maxfiylik ostida olib borilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp va Kim Chen Inning Singapurdagi uchrashuvida Shimoliy Koreyada ushlab turilgan yaponiyaliklar masalasi ko‘tarilgandan keyin muzokaralar yanada jadallashishi kutilmoqda. Abe bir necha bor ushbu muammoni shaxsan Kim bilan muhokama qilish istagini bildirgan.
Singapurdagi uchrashuv arafasida Abe Pxenyan yadro va raketa muammosi hamda Shimoliy Koreyada ushlab turilgan yaponiyaliklar muammosini hal qilsa, unga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025