Jamiyat | 19:05 / 14.06.2018
28225
1 daqiqa o‘qiladi

Erkak ayolni hokimlik hovlisida pichoqladi - IIV

Illyustrativ foto/ Sputnik

13 iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tuman hokimligi binosi hovlisida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro F.U. o‘zaro janjal oqibatida tanishi Kogon shahrida yashagan Peshku tuman hokimligiga qarashli “Qizil yarim oy jamiyati” tuman bo‘limi boshlig‘i G.A. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Natijada G.A. voqea joyida halok bo‘lgan. F.U. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid