Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone smartfonlari xavfsizlik tizimi kuchaytiriladi
Apple kompaniyasi o‘zining iPhone smartfonlariga nosanktsion kirish imkonini qiyinlashtirish uchun kerakli choralarni qabul qiladi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.
Kompaniya smartfonlarning operatsion tizimiga o‘zgarishlar kiritmoqchi - qurilma bir soat davomida blokdan yechilmasa, u va kompyuter o‘rtasidagi USB orqali aloqa tugatiladi. Apple vakillari shu orqali iPhone egalarining shaxsiy ma'lumotlarini firibgar va jinoyatchilardan himoya qilmoqchi ekanini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, kompaniya hukumat smartfonlarni beixtiyor tortib olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashovchi foydalanuvchilarning qurilmalarni qo‘llash xavfsizligiga e'tibor qaratmoqda. O‘zgarishlar iOS12 mobil operatsion tizimida va iOS11'ning so‘nggi versiyalaridan birida amalga oshiriladi.
Maqolada qator firmalar USB yordamida iPhone xavfsizlik tizimining parolni to‘g‘ri kiritishga urinishga nisbatan cheklovlarga tegishli sozlamalarini o‘zgartirish imkonini beruvchi uskunani ishlab chiqishayotgani qayd etilgan. Usul keng tarqalmoqda.
Manbaga ko‘ra, kompaniya mijozlarni xakerlar va firibgarlardan himoyalash uchun o‘zining har bir mahsuloti xavfsizlik tizimlarini mustahkamlamoqda. Kompaniya shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va ularning ishini qiyinlashtirish fikridan yiroq ekanini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026