Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi ilk ishchilarni Polshaga jo‘natishni boshladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xalqaro hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. Avval qator yillar mobaynida tashkiliy tarzda faqat Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini yuritish uchun ishchilar yuborilgan bo‘lsa, yangi islohotlar davriga kelib, Rossiya, Turkiya, Latviya, Yaponiya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunlarda Germaniya, Ummon sultonligi, Qozog‘iston va boshqa bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
2016 yil noyabridan tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Polshaning JP Construct va Arrow kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, mazkur tashkilotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini yuritish uchun Polsha Respublikasiga yuborishga oid bitimlar imzolagan edi.
2018 yil 12 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan dastlabki to‘rt fuqaro mehnat faoliyatini yuritish uchun Polsha Respublikasiga uchib ketdi. Ular – Andijon viloyati Shahrixon shahridan Ilhomjon Mahmudov va Ulug‘bek Hasanov, Marhamat tumanidan, Abdulla Abdurashidov va Toshkent shahridan Rustam Shotullayevlardir.
Yana shuni ta'kidllash joizki, Agentlik rahbarining o‘rinbosari U.Nazarov boshchiligidagi delegatsiya Polshada bo‘lib, qator muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Uchrashuvlar davomida qator xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi kompaniyalar va ish beruvchilar bilan muloqot o‘rnatildi. Polsha kompaniyalari O‘zbekiston mehnat bozoriga katta qiziqish bildirdilar. Agentlik va Alsena-Group Sp.z.o.o. kompaniyasi o‘rtasida bitim ham imzolangan edi.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
22:05 / 24.04.2026
Rossiyaning Novosibirsk shahridan o‘zbekistonlik 7 nafar bola vatanga qaytarildi
10:10 / 21.04.2026