O‘zbekiston | 11:08 / 14.06.2018
2280
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaga xalqaro ekspertlar taklif etildi

Foto: uzedu.uz

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaning hakamlar hay'atiga fizika va astronomiya fanlaridan xalqaro ekspertlar taklif etildi. 

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 19–23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadani xalqaro mezonlar asosida o‘tkazish va baholash maqsadida fizika va astronomiya fanlaridan xalqaro hakamlar hay'ati a'zolari taklif etildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.   

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadada dunyoning qator davlatidan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Unda har bir ishtirokchi davlatdan 6 nafar o‘quvchi (3 nafari fizika, 3 nafari astronomiya fanidan) hamda ikki nafar jamoa rahbaridan iborat guruh ishtirok etishi belgilangan.

Ushbu xalqaro olimpiadada g‘olibliklikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid