Jahon | 10:41 / 14.06.2018
8170
2 daqiqa o‘qiladi

Sud majlislarini audio va videoda qayd etishdan maqsad nima?

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisining o‘rinbosari Baxtiyor Sayfullayev O‘zA muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, kodeks 5 bo‘lim, 37 bob va 347 moddadan iborat. Kodeks bilan iqtisodiy sudlarda ishlarni yuritish tartibi takomillashtirilgan. Sohaga oid qonunchilik va amaliyotdagi ayrim kamchiliklar bartaraf etilgan. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilish mexanizmlari takomillashdi. 
 
«Kodeksda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yanada kengroq foydalanishga oid norma belgilandi. Endilikda sud majlislarini audio va videoda qayd etish yanada kengaytiriladi. Bunday zamonaviy uslubning keng joriy etilishi sud majlislari to‘liq qonun talablari asosida o‘tishini ta'minlaydi.
 
Sud majlisi yozilgan audio yoki videoyozuv bilan unda qatnashgan shaxslarni tanishtirish imkoniyati berilmoqda.
 
Yuqori sudlar tomonidan quyi sudlarda olib borilayotgan ishlar, sud majlislarining qonunga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazishda ham bu amaliyot qo‘l keladi. Ish bo‘yicha yuqori instansiya sudiga shikoyat tushganda quyi sudda ko‘rilgan ishga oid jarayonni to‘liq qayta ko‘rib chiqish, xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, buni hech qanday moneliksiz aniqlash imkoniyati yuzaga keladi», - deydi B.Sayfullayev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid