Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Aquarius kemasidagi migrantlar bo‘yicha taklif berdi
Foto: Reuters
Fransiya Aquarius kemasida bo‘lgan migrantlarni o‘zida qabul qilishni taklif etdi. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida aytiladi.
Aniqlik kiritilishicha, Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian ispaniyalik hamkasbi Jozep Borrel bilan kemaga doir vaziyatni muhokama qilgan.
«U (Le Drian) Fransiya hukumati Aquarius yo‘lovchilarini o‘zida qabul qilib, Ispaniyani qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladi. Ular boshpana olish huquqini taqdim etuvchi mezonlarga javob beradi. Bunda ularni Ispaniyada muhojirlik idorasi xodimlari tekshiruvdan o‘tkazgani qo‘l keldi», - deyiladi TIV xabarida.
Ta'kidlanishicha, Ispaniya tomoni Fransiyaning taklifini qabul qilgan.
Avvalroq, Ispaniya hukumati bortida 600dan ortiq migrant bo‘lgan Aquarius kemasini qabul qilishi xabar berilgandi.
Italiya Aquarius’ni qabul qilishdan bosh tortib, buni Malta qilishi mumkin ekanini iddao etdi. Malta hukumati esa kema bilan bog‘liq vaziyatga aloqador emasligini ma'lum qilib, rad javobini berdi.
Mavzuga oid
07:29 / 04.02.2026
Atom aviatashuvchilariga ega davlatlar: jahon xaritasi
18:55 / 03.02.2026
Ispaniya o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘ymoqchi
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
13:21 / 31.01.2026