Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuzlar Trampni tajovuzkor va xavfli deb hisoblashmoqda
Foto: Getty Images
Fransiya aholisining aksariyati AQSh prezidenti Donald Trampga salbiy munosabatda bo‘lib, uni tajovuzkor va xavfli inson, deb hisoblashmoqda. Bu haqda Le Figaro xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, nashr tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 71 foizi Amerika prezidenti hamda uning faoliyatini salbiy baholashi haqida ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, so‘rovda qatnashganlarning 86 foizi Trampni "tajovuzkor" inson, deb atagan. Frantsuzlarning taxminan 80 foizi AQSh prezidentiga "irqchi" deb baho bergan bo‘lsa, respondentlarning 81 foizi - "xavfli".
So‘rov ishtirokchilariga Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In qatnashgan sammitga baho berish taklif etildi. Respondentlarning 70 foizi bu uchrashuvni "piar-qadam" sifatida qabul qilgan, uning natijalari mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga olib kelmasligi mumkinligi aytildi.
So‘rov 13-14 iyun kunlari o‘tkazildi, unda 1 mingdan oshiq fransuzlar qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiya tarafdori emasligini aytgandi.
Mavzuga oid
18:56 / 13.05.2026
Fransiyada yana bir kruiz kemasi virus tufayli izolyatsiya qilindi
08:30 / 11.05.2026
Hondius laynerida hantavirus tarqalishi: yana bir holat qayd etildi
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
22:42 / 28.04.2026