AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan bir stolda ötirganida, undan nimani söraşi mumkin ekanini aytdi. Bu haqda u Fox News’ga bergan intervyusida ma'lum qilgan, jurnalist Aaron Rupar undan bir parçani tvitterda joylaştirdi.

Telekanal jurnalisti Amerika prezidentidan Rossiya iştirokidagi «Katta sakkizlik» şaklini qaytariş haqidagi sözlariga izoh berişni söradi.

Trampning ta'kidlaşiça, bu foydali bölardi, sababi «Katta sakkizlik» sammiti qatnaşçilari Rossiyani muhokama qilişga öz vaqtlarining törtdan bir qismini sarflaşdi.

«Men Rossiya uçun emasman. Men AQŞ uçunman. Biroq, agarda, masalan, Putin men bilan öşanda, Kanadada bir stolda ötirganida (G7 sammiti vaqtida - tah.), men şunday degan bölardim: «Bir iş qilmaysizmi? Suriyadan çiqib ketasizmi? Ukrainadan çiqib ketasizmi? U yerda sizlarning bölişingiz kerak emas», - dedi Tramp.

Şuningdek, AQŞ prezidentining xabar qilişiça, Putin bilan yaxşi munosabatlarni örnatişiga işonçi komil. Trampning xulosa qilişiça, agarda Rossiya prezidenti sammitda bölganida, undan butun dunyo uçun foydali bölgan narsalarni qiliş haqida söraş imkoniyati paydo bölardi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ-KXDR sammiti Rossiya va Xitoy taşvişiga sabab bölgani xabar qilingandi.