Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin JCh G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilashiga umid qilgandi, lekin bu yuz bermadi - WP
Rossiya futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining o‘tkazilish vaqtida, mundialni o‘zida qabul qilish huquqni qo‘lga kiritgan 2010 yildagidan ham ko‘proq yakkalatib qo‘yildi, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati g‘arb davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash imkonini berishidan umid qilgan, biroq buning o‘rniga ular ziyon ko‘rdi, deya ta'kidlaydi nashr.
WP shu munosabat bilan so‘nggi yillardagi voqealarni eslatadi: Rossiyaga qarshi sanksiyalarning joriy etilishi, GRU sobiq zobiti Sergey Skripalning oilasiga hujumda ayblov, Qrimning 2014 yilda qo‘shib olinishi.
Shu bilan birga, WP’dan ta'kidlashlaricha, 2018 yilning eng asosiy sport hodisasi hamon «Putinning jahon arenasidagi g‘alabasi» hisoblanadi. Ko‘plab siyosiy sharhlovchilar shu haqda gapirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Putinning Saudiya shahzodasiga nisbatan harakatiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026