Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qatar telekanalini Rossiyaga muxlislik qilgani uchun sudga bermoqchi
Saudiya Arabistoni terma jamoasi muxlislari Rossiyaga qarshi uchrashuvning Qatarning BeIN Sports sport kanali orqali namoyish qilinishi lavhalaridan norozi bo‘lishgan. Ularning fikricha, kanal sharhlovchilari yaqqol Rossiya termasiga muxlislik qilishgan. Saudiyalik amaldorlar bunga nisbatan choralar ko‘rishga va'da qilishgan.
“Saudiya Arabistoni terma jamoasi, sportchilari va amaldorlariga nisbatan g‘ayriqonuniy harakatlar hamda sportdan o‘z siyosiy maqsadlariga erishish uchun foydalanish yuzasidan BeIN Sports telekanaliga qarshi tegishli choralar qabul qilinadi”, deb aytgan saudiyalik amaldorlardan biri.
Uning aytishicha, yuzaga kelgan vaziyat “Saudiya Arabistoni hukumatining qirollik hududida Qatar kanali namoyishi taqiqlanishi bo‘yicha pozitsiyasi to‘g‘ri bo‘lganligini isbotlaydi”.
Saudiya Arabistoni jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Rossiyaga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Saudiya Arabistoni hukumati terma jamoa o‘yinchilariga barcha narsa muhayyo qilinganiga qaramay, ular o‘zlariga qo‘yilgan talabni 5 foizga ham bajara olishmaganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
15:25 / 14.04.2026
WSJ: Saudiya AQShdan Eron bilan muzokaralarga qaytishni talab qilmoqda
09:38 / 07.04.2026
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
18:07 / 05.04.2026
Umraga borgan 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytolmayapti
11:08 / 02.04.2026