Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni va BAAda 15 iyun Iyd Al-Fitrning birinchi kuni deya e'lon qilindi
Saudiya Arabistoni Oliy sudi Yangi oy ko‘rinishiga qarab Iyd Al-Fitr, ya'ni Ramazon hayitining boshlanishini juma, 15 iyun kuni deya e'lon qildi. ArabNews shu haqida xabar berdi.
Shuningdek GulfNews'da ma'lum qilinishicha, BAAdagi Oy kuzatish qo‘mitasi ham 15 iyun Shavvol oyi va Iyd Al-Fitrning birinchi kuni bo‘lishi haqida ma'lum qildi.
Rossiya OAVda ham Ramazon hayiti 15 iyunda nishonlana boshlanishi qayd etilgan va shu munosabat bilan ba'zi shaharlarda avtotransportlar harakatida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilingan.
Bundan tashqari, Kuvayt, Baxrayn va Ummonda ham Ramazon hayitining ilk kuni 15 iyunga to‘g‘ri kelayotgani ma'lum qilingan.
O‘zbekiston ahli ham Ramazon hayitini 15 iyun kuni nishonlaydi. Mamlakatning turli hududlarida joylashgan jome masjidlarda shu kuni Hayit namozi o‘qiladi. Ushbu namozlarni ado etish muddatlari har bir viloyatda turlicha. Hayit namozining viloyatlar ko‘lamida ado etilish vaqtlari KUN.UZ'da ma'lum qilindi. Bu ma'lumot O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Mavzuga oid
21:39
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
19:38
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026