Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozda yana bir Ahmadboy izdoshi aniqlandi - IIV
14 iyun kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan K.Yu. 2016 yil may-iyun oylarida “Yangiyo‘l avtobiznes servis MChJ” deb yozilgan soxta tashrif qog‘ozi bilan fuqarolarni ishonchiga kirib, ulardan foiz hisobida pul va qora mollarni ikki barobar qiymatda qaytarib berishni va'da qilib, jami 330.500.000 so‘m pullarini olgan va o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan K.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
12:06 / 07.04.2026