Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Xitoy ortidan AQSh mahsulotlariga boj kiritishga qaror qildi
Foto: SS0
Vashington tomonidan Hindistondan import qilinuvchi po‘lat va alyuminiyga boj kiritilishiga javoban Hindiston Xitoy ortidan AQShdan import qilinuvchi 30 ta mahsulotga boj kiritishga qaror qildi.
Indian Express ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu mahsulotlar ro‘yxati Jahon savdo tashkilotiga berilgan. Ro‘yxatga bir necha turdagi mototsikllar, metall va oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan.
Hindiston boj imtiyozlari bekor qilinishidan olinadigan qiymat AQSh kiritgan choralar sababli yo‘qotiladigan qiymatga mos kelishiga umid qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, aksariyat mahsulotlarga bojlar 50 foizgacha oshadi.
NDTV telekanalining ma'lum qilishicha, Hindiston bu javob choralaridan 239 mln dollar olishni mo‘ljallamoqda. O‘z navbatida, AQShning bojni oshirishi Hindistonga 241 mln dollarga tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:02
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27
Lavrov Rossiya kompaniyalari Venesueladan siqib chiqarilayotganini aytdi
15:33
Hindistonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlar kuchaymoqda
15:06