Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelizaveta II 2021 yilda siyosatni tark etadi: taxtni topshirish jarayoni boshlandi
Angliyaning «The Mirror» nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada taxtni topshirish uchun rasmiy qog‘ozlarni rasmiylashtirish jarayoni boshlab yuborilgan. Qirolichaning bu qarorini britaniyaliklarning o‘zi juda to‘g‘ri deb hisoblashmoqda va bu jarayonning keksa monarxning yoshi bilan bog‘lashmoqda.
Yelizaveta II chiroyli sana — 95 yoshga kirganidan so‘ng (2021 yilda) o‘z taxtidan voz kechmoqchi. Bosh valiahd shahzoda Charlz bo‘lib turibdi. Oradan 65 yil o‘tib qirolicha o‘z taxtini o‘g‘liga topshirishga qaror qilgan. Britaniyaliklar nihoyat Charlzning omadi keldi, deb hisoblashmoqda. U bir necha yildan buyon o‘zini siyosatchi, mamlakat rahbari sifatida ko‘rsatish imkoniyatini kutib yashamoqda.
Qirolicha mamlakatda juda mashhur. O‘z manzili tomon doimiy tanqidlarga qaramasdan, Yelizaveta II ingliz monarxiyasining ulug‘vorligini saqlab qolishga doimo muvaffaq bo‘lgan. Uning boshqaruv davri — Angliya tarixining ulkan qismini tashkil etadi. Qirolicha Angliya paydo bo‘lganidan buyon eng keksa monarx sifatida tan olingan. U, shuningdek, ayni kunlarda jahonda umrguzaronlik qilgan eng keksa hukmdor hisoblanadi. Jahon tarixida faqat u hammadan uzoqroq taxtda o‘tirgan ayol sifatida iz qoldirmoqda.
Yelizaveta II 1926 yilning 21 aprelida Londonda tavallud topgan. Yelizaveta Aleksandra Mariya mamlakatni 1952 yildan buyon boshqarmoqda. U 25 yoshida mamlakat hukmdori bo‘lgan. U otasi — Georg VI ning o‘limidan so‘ng xalqini boshqara boshlagan. Uning rasman taxtga o‘tirish sanasi deya 1952 yilning 6 fevrali hisoblanadi.
Yelizaveta anglikan cherkovini boshqaradi, mamlakatning oliy armiya qo‘mondoni deb tan olingan. Shotlandiya uniyasi bilan birgalikda u ayrim davlat majburiyatlarini amalga oshiradi. U Angliya hukmdori, shuningdek 15 ta erkin davlatlarning rahbari hamdir. Bu davlatlar — Avstraliya, Antigua va Barbuda, Bahama orollari, Barbados, Beliz, Grenada, Kanada, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Solomon orollari, Tuvalu va Yamaykadir.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026