Jahon | 07:29 / 17.06.2018
5997
1 daqiqa o‘qiladi

ShHTga a'zo davlatlar bosh vazirlari kengashi yig‘ilishi Dushanbeda bo‘lib o‘tadi

Foto: mil.ru

ShHTga a'zo davlatlar bosh vazirlari kengashi yig‘ilishi oktabr oyi o‘rtalarida Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilotning bosh kotibi Rashid Alimov ma'lum qildi. 

Alimov yig‘ilishning aniq sanasi keyinroq ma'lum qilinishini qo‘shimcha qilgan. Uning ta'kidlashicha, yaqin 3 oy ichida bir qator majlislar bo‘lib o‘tadi va tashqi iqtisodiy faoliyatga javob beruvchi bu majlislar natijalari kengash yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra ma'lum qilinadi. 

“Bir qator hujjatlar tayyorlanmoqda. Kengash yig‘ilishiga ko‘ra, savdo, bojxona sohasidagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratilgan keyingi qadamlar qabul qilinishi kutilmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Alimov. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid