Antarktida muzlarining qisqarishi Jahon okeani sathini ko‘tarmoqda

Foto: Shutterstock /Denis Burdin
So‘nggi 25 yilda Antarktida 3 trillion tonnadan ortiq muz yo‘qotdi. Ta'kidlash joizki, oxirgi 5 yilda muzlarning yo‘qolish ko‘rsatkichlari keskin oshdi. Mazkur qit'aning muz qatlami holatiga doir eng keng ko‘lamli tadqiqotlar natijasida shunday xulosalar keltirildi. Tadqiqot 1992 yildan 2007 yilgacha sun'iy yo‘ldosh kuzatuvlari doirasidagi ma'lumotlarni tahlil qilgan 84 nafar olimdan iborat xalqaro guruh tomonidan o‘tkazildi.
Tadqiqotchilar hozirda qit'a o‘z muz zaxiralarini 2012 yilgacha bo‘lgan davrga qaraganda uch baravar tezroq yo‘qotayotganini aniqlashdi. Yillik yo‘qotish darajasi 241 milliard tonnadan ko‘proqqa baholanmoqda. Bunda so‘nggi 25 yilda Antarktida muz zaxiralari yo‘qotishining umumiy hajmda Jahon okeani sathini taxminan 8 millimetrga oshirdi. Boz ustiga, bu o‘sishning 40 foizi (3 mm) oxirgi 5 yilga to‘g‘ri kelmoqda.
Jahon okeani sathining bir necha millimetrga ko‘tarilishi bir qarashda u qadar ahamiyatsizdek tuyulishi mumkin, biroq agar avvalgi tadqiqotlar natijalarini yodga oladigan bo‘lsak, iqlimning global o‘zgarishi Antarktida muz qatlami hajmining qisqarishiga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi. Yangi ma'lumotlar esa qit'aning "muz qalpog‘i" iqlim o‘zgarishlariga (birinchi navbatda, isishiga) u qadar chidamli emasligiga ishora qilmoqda. Shu bois uning Jahon okeani sathiga ta'sir salohiyatiga doir prognozlarni qayta ko‘rib chiqish joiz. Xalqaro olimlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan tahlil Antarktida muzlari erishi natijasida Jahon okeani sathi 58 metrga ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Olimlarning yangi hisoboti 13 iyun kuni Nature Research jurnalida taqdim etildi va Antarktidaning holati haqida bir vaqtning o‘zida chop etilgan besh ma'ruzadan biri bo‘ldi. Bu tadqiqotlar umumiy hisobda bunday o‘zgarishlarning global iqlim o‘zgarishlariga ta'sir darajasini aniqlash uchun qit'aning ham o‘tmishdagi, ham hozirgi holatiga taalluqlidir. Bundan tashqari, inson faoliyatining qit'adagi roliga doir masalalar ham shu yerda ko‘rib chiqilmoqda va ekologiya hamda geologiyani muhofaza qilish variantlari muhokama qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
-
Fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:30
-
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Jahon | 14:25
-
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

12:35
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

17:50 / 29.03.2025