Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Qrim va Sevastopolga qarshi sanksiyalarni yana uzaytirdi
Yevropa ittifoqi Qrim va Sevaltopol bo‘yicha sanksiyalarni rasman uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashi saytida xabar qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, sanksiyalar bir yilga, 2019 yilning 23 iyuniga qadar uzaytirildi.
Ushbu sanksiyalar Qrim yoki Sevastopoldan YeIga mahsulotlar importi, Qrim yoki Sevastopolga investitsiyalar kiritishga cheklov qo‘yadi: Yevropa kompaniyalari Qrimda ko‘chmas mulk yoki obektlarni sotib ololmaydi, Qrim kompaniyalarini moliyalashtirishi taqiqlanadi.
Shuningdek, Qrim kompaniyalariga ma'lum bir tovarlar hamda texnologiyalar eksportiga ham taqiq qo‘yildi. Ular transport, telekommunikatsiyalar va energetika sektorlari, neft, gaz hamda mineral resurslarni qidirish va qazib olishga aloqador.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh hukumati amerikaliklarga Qrim bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
21:23 / 21.06.2026
Ukraina zarbalaridan keyin Sevastopol elektrsiz qoldi
13:34 / 21.06.2026
Qrimda benzin sotish to‘xtatildi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026