AQŞ Davlat departamenti Rossiya böylab safar qilayotgan amerikaliklarga ogohlantiriş bilan çiqdi. Unda Qöşma Ştatlar fuqarolari Qrimga taşrif buyurmaslikka çaqirilgan. Bu haqda idora saytida xabar berildi.
«Qrimga taşrif buyuriş kerak emas, sababi yarim orolda xorijliklarga nisbatan suiiste'molliklar hamon kuzatilmoqda», - deyiladi xabarda.
Şuningdek, idoradan ta'kidlaşlariça, AQŞ hukumati Qrim böylab safar qilayotgan amerikaliklarga tezkor yordam xizmatlarini taqdim eta olmaydi, sababi Qöşma Ştatlar hukumati xodimlariga yarim orolga boriş taqiqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Qrimni Obama yöqotgani haqida ma'lum qilgandi.









