O‘zbekiston | 18:42 / 18.06.2018
3834
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bo‘sh turgan binolarda ishlab chiqarishni tashkil etishga qancha investitsiya kiritiladi?

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ2796-qarori Toshkent viloyatida o‘z samarasini bermoqda, deb xabar qiladi Toshkent viloyati raqobat boshqarmasi.

Joriy yilda Toshkent viloyatida 276 ta bo‘sh turgan bino va inshootlarda ishlab chiqarish (xizmat) ko‘rsatishni tashkil etishga 520,8 mlrd so‘m investitsiya kiritish hisobidan 4659 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan. Shundan joriy yilning birinchi yarim yilligida 85 ta bo‘sh turgan obektlarga 62,4 mlrd so‘m investitsiya kiritish hisobiga 1193 ta yangi ish o‘rinlarini yaratiladi.

Jumladan, O‘rta Chirchiq tumanidagi “Xilol Mubin” MChJ korxonasi 4500,0 mln so‘m investitsiya kiritish hisobiga polietilen qop ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yib, 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratdi. Olmaliq shahridagi “Jasmin Tekstil” MChJ korxonasi 5,0 mlrd so‘m investitsiya kiritib, 200 ta ortiq yangi ish o‘rinlari yaratdi.

Qaror talablariga asosan soliq mexanizmi qo‘llanilgan 11 ta bo‘sh turgan obektlarni mulkdorlari tomonidan yangi investorlarga sotildi. Jumladan, uzoq muddatlardan buyon bo‘sh turgan Chinoz tumanidagi sobiq “Olmazor mebel” MChJ korxonasi yangi mulkdorlarga sotildi. Mulkdorlar tomonidan 18 mlrd. so‘m investitsiya kiritish hisobiga trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga 600 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Ohangaron tumanidagi qurilishi tugallanmagan temir beton ishlab chiqarish bino va inshootlariga 4,8 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga har xil turdagi bolt va gayka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hisobiga 50 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid