2026 yil I çoragida Özbekiston rezidentlarining xorijiy aktivlarga kiritgan töğridan töğri investitsiyalari 153,1 mln dollarni taşkil etdi.
Taqqoslaş uçun, 2024 va 2025 yillar I çoragida mazkur körsatkiç mos ravişda 3,5 mln va 4,7 mln dollarni taşkil etgan.
Uşbu ma’lumot – Markaziy bank e’lon qilgan tölov balansi hisobotida keltirib ötilgan.
Qayd etilişiça, birinçi çorakda norezidentlarning Özbekistonga kiritgan töğridan töğri investitsiyalari 702 mln dollarni taşkil qilgan. Bu – 2025 yilning mos davridagi 761,7 mln dollardan kam, ammo 2024 yilning birinçi çoragidagi 380,1 mln dollardan yuqori.
Xorijga investitsiya erkinligining kengayişi
Özbekiston prezidentining 2025 yil 11 noyabrdagi “Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşini taşkil etiş töğrisida”gi farmoni hamda Özbekiston Markaziy bankining 16 dekabr kungi qarori bilan, 2026 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston rezidentlari uçun AQŞda röyxatga olingan kompaniyalarga investitsiya kiritişda hukumat ruxsatini oliş talabi bekor qilindi.
Ilgari 10 ming dollardan ortiq qiymatdagi investitsiya amaliyotlari uçun ruxsatnoma talab qilinardi.
2026 yil 1 yanvardan boşlab esa, Özbekiston rezidentlari AQŞdagi investitsiya faoliyati böyiça quyidagi imkoniyatlarga ega böldi:
kompaniya taşkil etiş (ustav kapitalini şakllantiriş), Amerika kompaniyasidagi uluş yoki aksiyalarni sotib oliş uçun AQŞga pul ötkaziş;
mablağlarni AQŞdagi öz filiallarining aylanma kapitalini töldirişga yönaltiriş;
buni istalgan miqdorda, hisobvaraqlardagi öz mablağlaridan kelib çiqib amalga oşiriş.
Mazkur erkinliklar faqat AQŞga investitsiya faoliyatiga taalluqli edi. Ammo Markaziy bankning 2 iyun kungi qarori bilan, özbekistonliklarning boşqa mamlakatlarga investitsiya kiritiş imkoniyatlari ham













