02:04 / 18.06.2018
21659

JCh-2018. Rossiya – Misr o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Foto: TASS

Jahon chempionati 1-turning so‘nggi 2ta hamda 2-turning 1ta o‘yini uchun hakamlar tayinlandi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Kolumbiya hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni sloveniyalik Damir Skomina boshqaradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda Yure Praprotnik va Robert Vukan yordam bersa, jazoirlik Mehdi Obid Sharif zaxira hakami etib tayinlangan. 

Baxraynlik Shukralla Navaf Polsha hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi 1-turning so‘nggi o‘yinini boshqaradi. Unga qanotlarda Abdulla Tulefat Yosir hamda Al Marri Tolib yordamlashadi. Zaxiradagi hakam sifatida Abdulrahmon Al Jassim tayinlangan. 

Rossiya hamda Misr terma jamoalari o‘rtasidagi 2-turdan o‘rin olgan ilk o‘yinni paragvaylik Enrike Kaseres boshqaradi. Unga Eduardo Kardoza hamda Xuan Zorrilla yordam beradi. Junayt Chaqir zaxiradagi hakam sifatida tayinlangan. 

Ushbu uchrashuvlar 19 iyun kuni o‘tkaziladi. 

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top