Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya IIV rahbarini ko‘chada tunab ketishdi
London shimolida Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Sajid Javidni moped mingan o‘g‘rilar tunab ketishdi. The Sun IIV rahbarining so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Voqea bir necha oy ilgari Yuston vokzali yaqinida ro‘y bergan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, barchasi bir zumda sodir bo‘lgan.
"Men telefonda taksi chaqirayotgan edim. Nima ro‘y berganini anglaganimda kech bo‘lgandi. Ular hamyonimni tortib olib, noma'lum yo‘nalishda yashirinishga ulgurishdi", - deydi Javid.
Vazir internetda pichoqlar sotilishiga taqiq kiritish va giyohvand moddalar sotuvchilarga qarshi kurashni kuchaytirish tarafdori ekanini ta'kidlagan. U shuningdek yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish muhim deb hisoblaydi. Javid bularning bari Britaniya shaharlari ko‘chalarida zo‘ravonlikni ildizi bilan yo‘q qilish imkonini berishiga ishonadi.

"Bizning ko‘chalarimiz kunu tun xavfsiz bo‘lishi kerak", - dedi IIV rahbari.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026