Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda o‘zbekistonlik ayolning qamoqdagi g‘alati o‘limi surishtiruvdan o‘tkazilmoqda
Hindistondagi Bxondsi qamoqxonasida bo‘lgan O‘zbekistonning 38 yoshli fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Hindistan Times. Ayol 10 iyun kuni Gurugramdagi «Saxara» savdo markazida hibsga olingan va mamlakatda noqonuniy ravishda istiqomat qilib kelgani uchun qamoqqa joylashtirilgan. 5 kundan keyin u noma'lum sabablarga ko‘ra tergov izolyatorida vafot etdi.
Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ayol 5 kundan keyin jonsiz holda topilgan. O‘tgan juma, soat 3:00da, uning jasadi izolyatorda jiddiy tan jarohatlarsiz aniqlandi. Ayni paytda politsiya nima sodir bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqda.
To‘rt nafar shifokordan iborat maxsus komissiya ekspertiza o‘tkazdi, uning natijalari o‘lim sababini ochiqlashi kerak. Shu bilan birga, qamoqda ushlab turilgan ayol yuqori tana harorati va ko‘krak qafasidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Ayol Hindistonga O‘zbekistondan qachon kelganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Mavzuga oid
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026
Nafas olish imkonsiz – kichik hind shahri dunyoda eng iflos havoga ega ekani ma’lum bo‘ldi
13:08 / 23.03.2026