Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy AQSh kosmik qo‘shinlari haqidagi xabarga izoh berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati harbiy-kosmik kuchlar tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Pentagon bu jarayon bo‘yicha ishlarni boshlagan.
«Biz bu jarayonning boshlang‘ich bosqichidamiz. Mudofaa vazirligi hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan buni amalga oshirish ustida ishlaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Sanders.
Avvalroq, Tramp Pentagonga kosmik qo‘shinlarni tashkil etish haqida topshiriq bergani xabar qilingandi. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar koinotda harbiy ustunlikka ega bo‘lishi kerak. AQSh Mudofaa vazirligi kosmik qo‘shinlar tashkil etishga tayyorligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Putin va Tramp nega uchrashishi kerakligi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026