Jahon | 19:16 / 19.06.2018
130259
6 daqiqa o‘qiladi

Reyting 2018: Dunyoning eng qudratli armiyalari

2018 yilning eng qudratli armiyalari reytingi Global Firepower sayti ma'lumotlariga asosan tuzildi.

10-o‘rin: Misr armiyasi

Foto: Getty Images

Dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatining 10-pozitsiyasida - Misr qurolli kuchlari. Mamlakatda 95,69 million kishi yashaydi, armiyada xizmat qilayotganlar soni esa 428,5 ming kishini tashkil qiladi. Ularning aksariyati - harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar, 415 ming nafari - HHK zaxirasida. 2015 yil yakunlariga ko‘ra, mudofaa uchun davlat byudjyetidan 5,5 milliard dollar ajratilgan.

9-o‘rin: Germaniya armiyasi

Foto: Flickr

Aholisi 80 milliondan ortiq bo‘lgan Germaniyada faol kuchlar soni 180 ming nafarni tashkil qiladi. Mamlakatda 145 harbiy xizmat ko‘rsatuvchi, moddiy jihatdan yaxshi ta'minlangan baza mavjud. Harbiy dengiz kuchlari (HDK) 81 ta texnikaga ega, turli modifikatsiyadagi 676 jangari kema - harbiy flot tasarrufida. Quruqlikdagi harbiy tuzilmalar 6481 ta texnika bilan ta'minlangan. Mudofaa ehtiyojlari uchun mamlakat byudjyetidan yiliga 36 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratiladi.

8-o‘rin: Turkiya armiyasi

Foto: Getty Images

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 79,4 million kishi istiqomat qiladi. Shulardan 186,6 mingi harbiy majburiyatga ega. Faol kuchlar ko‘rsatkichi 410,5 ming kishini tashkil qiladi. HDK tasarrufida - 194 jangovor texnika mavjud, havo floti 1007 havo kemasiga ega. Quruqlikdagi harbiy qismlar tasarrufida 13850 texnika mavjud. Davlat g‘aznasidan mudofaa uchun ajratilgan xarajatlar 18,2 milliard dollarni tashkil qiladi.

7-o‘rin: Yaponiya armiyasi

Foto: Getty Images

Mamlakatda 127 million kishi yashaydi, ulardan 57,9 ming nafari harbiy majburiyatga ega. HDF jangovor zaxirasi 131 ta texnika bilan ta'minlangan, 1591 eng yangi havo kemasi - flot tasarrufida. Quruqlikdagi harbiy qismlar o‘z arsenalida 4330 ta texnikaga ega. Fuqarolarning tinch hayot kechirishi uchun har yili davlat byudjyetidan 40 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratiladi.

6-o‘rin: Buyuk Britaniya armiyasi

Foto: Getty Images

Mamlakatda 64,1 million kishi istiqomat qiladi, ulardan 182 ming nafari harbiy majburiyatga ega. Moddiy bazaga keladigan bo‘lsak, HDK tasarrufida - 76 ta texnika, havo flotida - 879 jangovor kema, quruqlikda 6624 jangovor texnika mavjud. Davlat byudjyetining mudofaa ehtiyojlari uchun xarajatlari 55 milliard dollarni tashkil qiladi.

5-o‘rin: Fransiya armiyasi

Foto: inosmi.ru

Mamlakat aholisining umumiy soni - 66,5 million kishi, ulardan 195,7 ming nafari harbiy xizmat majburiyatini olgan, politsiyachilar soni - 100 mingdan ziyod. 205 ming harbiy mamlakatning faol kuchi hisoblanadi. HDF tasarrufida 120 ta texnika mavjud. Dengiz flotida turli modifikatsiyadagi 118 ta kema bor, quruqlikdagi qismlar esa 7890 jangovor texnika bilan ta'minlangan. Har yili mudofaa ehtiyojlari uchun 35 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflanadi. Fransiya askarlarini boshqalardan ajratib turuvchi jihati - ularning faqat o‘zida ishlab chiqarilgan texnikadan foydalanishida. Askarlarning 15 foizdan ziyodi ayollardan iborat.

4-o‘rin: Hindiston armiyasi

Foto: Getty Images

Hindistonda 1,2 milliard kishi istiqomat qiladi, shundan 2,14 millioni - harbiy majburiyatga ega kishilar. Faol kuchlar ko‘rsatkichi 1,3 million kishiga teng. HDF - 295 ta texnikaga, harbiy aviatsiya esa 2086 ta texnikaga ega. Quruqlikdagi qismlar tasarrufida 21165 ta texnika mavjud. Mamlakat byudjyetining armiya uchun xarajatlari - 40 milliard dollar. Hindiston armiyasi shartnoma asosida xizmat qiluvchilardan tashkil topgan, harbiylar maoshi mamlakatdagi eng yuqori maoshlardan biridir.

3-o‘rin: Xitoy armiyasi

Foto: REUTERS /Damir

Mana bir necha yildirki, Top-10 kuchli armiyalar ro‘yxatida uchinchi o‘rin Xitoyga nasib etmoqda. Bu dunyodagi eng aholi zich joylashgan davlatlardan biridir, bu yerda 1,36 milliard kishi yashaydi. Zaxirada - 2,3 million askar, mehnatga layoqatli kuchlar 2,3 million kishini tashkil qiladi. HDF arsenalida - 715 kema bo‘lsa, aviatsiya 2942 samolyotga ega. Quruqlikdagi qismlar 23665 ta harbiy texnika bilan ta'minlangan. Xitoy har yili o‘z mudofaasi uchun davlat byudjyetidan 155,7 milliard dollar sarflaydi.

2-o‘rin: Rossiya Federatsiyasi

Foto: Getty Images

Aholisi 142,42 million kishidan iborat bo‘lgan Rossiyada harbiy majburiyat egalari 2,4 millionni tashkil qiladi. Doimiy qo‘shin soni 770 ming kishidan iborat. HDF tasarrufida - 352 jangovor texnika, havo flotida esa 3547 ta harbiy texnika qayd etilgan. Quruqlikdagi harbiy texnika 61086 tani tashkil qiladi. Mamlakat mudofaasi davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, unga yiliga 46,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ safarbar etiladi.

1-o‘rin: AQSh armiyasi

Foto: Getty Images

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning eng kuchli armiyasi - davlat byudjyetidan yiliga 581 milliard dollar ajratiluvchi AQSh armiyasi. U yerda yashovchilar soni 321,3 millionni tashkil qilsa, harbiy majburiyatlarga ega kishilarning umumiy soni 1,1 million kishidan iboratdir. Doimiy qo‘shin safidagi askarlar soni 1,4 millionni tashkil qiladi. 415 ta texnika - HDF tasarrufida, aviatsiya 13444 havo kemasiga ega. Quruqlikdagi harbiy qismlar 54474 ta texnika bilan ta'minlangan. AQSh armiyasi harbiy xarajatlariga ko‘ra so‘zsiz yetakchi hisoblanadi.

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida yuqorilab, 136 mamlakat orasida 39-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid