10:07 / 19.06.2018
20781

JCh-2018, oltinchi kun. Rossiya Misrga qarshi va boshqa o‘yinlar

Foto: RIA Novosti

Bugun, 19 iyun, seshanba kuni 2018 yilgi jahon chempionatida birinchi tur doirasidagi oxirgi ikki o‘yin va ikkinchi tur doirasidagi birinchi o‘yin o‘tkaziladi.

Dastlab H guruhi vakillari Kolumbiya va Yaponiya o‘zaro hisob-kitob qilishadi. Bu o‘yin Saranskdagi «Mordoviya Arena» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi.


Kolumbiya – Yaponiya
19 iyun. Saransk. «Mordoviya Arena». 17.00 (Match TV).
Hakamlar: SKOMINA. Praprotnik, Vukan (barchasi Sloveniya)

Guruhdagi ikkinchi o‘yin Polsha va Senegal o‘rtasida kechadi.

Polsha – Senegal
19 iyun. Moskva. «Spartak» stadioni. 20.00 (Match TV).
Hakamlar: Navof ShUKRALLA. Tulefat (ikkisi – Bahreyn), Al-Marri (Qatar).

Bugun turnirning ikkinchi tur o‘yinlari ham boshlanib ketadi. A guruhida chempionat mezboni, birinchi turda Saudiya Arabistoni darvozasiga 5ta javobsiz gol yo‘llab, hozircha turnirning eng yirik hisobini qayd etib turgan Rossiya terma jamoasi Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr termasiga qarshi saf tortadi.

Rossiya – Misr
19 iyun. Sankt-Peterburg. «Sankt-Peterburg» stadioni. 23.00 («Rossiya 1»).
Hakamlar: KASeReS. Kardoso, Sorrilya (barchasi – Paragvay).

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Urugvay va Saudiya Arabistoni o‘rtasida ertaga bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda birinchi turdan keyin guruhda quyidagicha vaziyat yuzaga kelgan:

Foto: FIFA World Cup

Barcha uchrashuvlar Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top