Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShni Inson huquqlari bo‘yicha kengashda almashtirish jarayoni haqida ma'lumot berildi
Foto: FABRICE COFFRINI/AFP/Getty Images
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) vakili Voislav Shuts so‘zlariga ko‘ra, AQShni IHKda almashtirish bo‘yicha qarorni Bosh assambleya qabul qilishi darkor.
«AQShning forumni tark etish haqidagi qaroridan so‘ng, Kengash a'zolari o‘rtasida vakant joyni to‘ldirish to‘g‘risidagi masala BMT Bosh assambleyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim», - dedi Shuts.
Avvalroq, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Qo‘shma Shtatlar Inson huquqlari bo‘yicha kengashni tark etishi haqida ma'lum qilgandi. Uning fikricha, Kengash hozirgi paytda «ikkiyuzlamachilik va tamaga» to‘la. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, BMTga a'zo davlatlardan birontasi AQShni Kengash bilan «kurashda» qo‘llab-quvvatlamadi.
Jyenevada hozirgi paytda IHKning 38-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. U 18 iyun kuni boshlandi va 6 iyulga qadar davom etadi. AQSh rezolyutsiyalar bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan IHK 47 a'zosidan iborat guruhga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Zayd Raad al-Husayn AQSh bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026