BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Raad al-Husayn ma'lum qilişiça, AQŞning Inson huquqlari böyiça kengaşdan çiqişi haqidagi xabar «odamning könglini qoldirdi». Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Bu ham hayratlanarli, ham odamning köngligi qoldiruvçi xabar böldi. AQŞ hozirgi vaqtda dunyoda inson huquqlari qanday holatda ekanini hisobga olib, Kengaşdan ketişi emas, balki undagi öz iştirokini kuçaytirişi lozim», - deya yozdi Zayd Raad al-Husayn.

Avvalroq, AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Qöşma Ştatlar Inson huquqlari böyiça kengaşni tark etişi haqida ma'lum qilgandi. Uning fikriça, Kengaş hozirgi paytda «ikkiyuzlamaçilik va tamaga» töla. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, BMTga a'zo davlatlardan birontasi AQŞni Kengaş bilan «kuraşda» qöllab-quvvatlamadi.