Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishi kerak - Die Zeit
Yevropa ittifoqi nafaqat AQSh bilan, balki Rossiya hamda Xitoy bilan munosabatlarini ham qayta ko‘rib chiqishi kerak. Bu haqda Die Zeit yozmoqda.
Yevropa ittifoqi (YeI) Rossiya bilan o‘z munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi va hamkorlik uchun imkoniyat qidirishi kerak, deb yozadi muallif. Shu bilan birga, YeI Moskva bilan muloqotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, NATO yoki AQShdan mustaqil tarzda olib borishi lozim.
AQSh va YeI manfaatlari hozirdanoq bir-biriga mos kelmayapti, deya ta'kidlaydi nashr. AQSh prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi Qo‘shma Shtatlar jahondagi o‘zining yetakchi o‘rnini yo‘qotdi, deb yozadi Die Zeit. Shu bilan birga, Yevropa ittifoqi AQSh bilan ham munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishi kerak. Savdo urushini boshlagan Trampga «qat'iy va xabar qilgan holda» kurashish lozim, deyiladi maqolada. Muallifning ta'kidlashicha, Trampning keyingi qurboniga, katta ehtimol bilan, Jahon savdo tashkiloti (JST) aylanadi.
Bundan tashqari, Xitoy bilan munosabatlarni ham qayta ko‘rib chiqish lozim. Xususan, savdo munosabatlari, intellektual mulk masalalari bo‘yicha. Materialda ta'kidlanishicha, YeI tahdid ostida qolgan, BMT esa avvalgidan ancha ta'siri baland holatda. Shuningdek, Sharqiy Yevropadan bo‘lgan populistlar jamiyat qurilishining demokratik prinsiplarini shubha ostiga olgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026