Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR OAV Kim Chen Inning xorijiy tashrifi haqida ilk bor tashrif kunida xabar berdi
Foto: REUTERS / KCNA
Koreya Markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning xorijiy tashrifi haqida ilk bora tashrif kunida xabar berdi. Bu haqda Kyodo agentligi yozmoqda.
Agentlikdan ta'kidlashlaricha, Markaziy telegraf agentligi Kim Chen Inning xorijiy davlatlarga tashrifi yakuniga yetkanidan keyingina bu haqda xabar berardi. Yaqinda ro‘y bergan holat esa «istisnoga» aylandi.
Shimoliy Koreya yetakchisi hozirgi vaqtda Xitoyda bo‘lib, XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu tashrif KXDR yetakchisining Xitoyga so‘nggi uch oy ichidagi uchinchi safariga aylandi.
Markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, Si Tszinpin va Kim Chen In 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan AQSh - KXDR sammiti bo‘yicha fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Si Tszinpin bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025