Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda jamoat tartibini ta'minlash bo‘yicha mobil markazlar paydo bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan 2018 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi.
Kontseptsiyani amalga oshirish doirasida jamoat tartibini ta'minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlarining faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etiladi va ular ichki ishlar bo‘limlari xizmat ko‘rsatish hududlariga biriktiriladi.
Quyidagilar mobil markazlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borish davomida jamoat tartibini ta'minlash kuchlari va jalb etilgan davlat organlari bo‘linmalarini nazorat qilish, boshqarish hamda ularning samarali hamkorligini tashkil etishda ichki ishlar bo‘limlariga ko‘maklashish;
hodisa sodir bo‘lgan yoki signal berilgan joyga jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining eng yaqin patrul guruhi darhol yetib kelishini ta'minlash orqali huquqbuzarliklar haqida kelib tushgan ariza, xabar va boshqa ma'lumotlar bo‘yicha tezkor chora ko‘rish;
jamoat tartibini ta'minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatlantirish maqsadida, jumladan, hodisa sodir bo‘lgan joyga bevosita chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda va odamlar gavjum joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish;
jamoat tartibini ta'minlash kuchlari tomonidan huquqbuzarlik holatlari aniqlangan va qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olingan hollarda ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo‘linmalari jalb etilishini tashkil qilish.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026