Sport | 15:50 / 20.06.2018
6441
4 daqiqa o‘qiladi

Portugaliya: Ronaldu yana bir bor hammasini zimmasiga olishga tayyor

Bugun, 20 iyun kuni JCh-2018 turniri B guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Dastlab Portugaliya Marokashga qarshi o‘ynaydi.

Ispanlar bilan o‘yindagi xatolarni tuzatish
Ispanlar bilan o‘yindagi durangdan keyin (portugallar bu natijani qoniqarli deb hisoblashdi) terma jamoa Kratovda qamalib oldi va ishlashda davom etdi. Portugallar o‘tgan vaqt davomida matbuot uchun ochiq bo‘lmadi. Shunisi aniqki, Marokash bilan butunlay boshqacha o‘ynash kerak - to‘pga egalik qilish, ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratish va ko‘p vaqtni raqib hududida o‘tkazish talab etiladi. Ispanlar bilan o‘yinda hujumkorlik yetishmadi, faqat bir Ronaldu barchasini o‘z zimmasiga oldi.

Uning birinchi o‘yindagi qahramonligidan keyin portugaliyalik muxlislar u jamoani finalga qadar olib borishidan umid qilishmoqda. Ronaldu buni juda yaxshi tushunadi, u anchadan buyon terma jamoa yetakchisi hisoblanadi. U jamoani ruhlantirish va ko‘rsatmalar berishda bosh murabbiy Fernandu Santushdan qolishmaydi. Murabbiy ham unga o‘z vakolatlarini topshirib qo‘ygan. Ronaldu maydonda o‘zi istagan nuqtada harakat qilishi mumkin.

Krishtianu uchun alohida diyeta
Jahonning eng yaxshi futbolchisi Rossiyadagi mundialga alohida tayyorgarlik ko‘rgan. U butun mavsum davomida ovqatlanish va mashg‘ulotlar jarayonida alohida rejimga amal qildi. U turnirga toliqmasdan keldi - «Real» safida u mavsumning barcha o‘yinlarida ham ishtirok etmadi (2010-11 yilgi mavsumdagiga qaraganda 4 ming daqiqa kam). U jiddiy ravishda diyetaga amal qilib kelmoqda.

Portugaliyalik futbolchi tezlikni saqlab qolish uchun vazn tashladi. Buning uchun u shakar va boshqa shirinliklardan saqlandi. Uning menyusidan non, mevalar, ko‘katlar, tovuq, guruch, treska balig‘i va boshqa shu turdagi mahsulotlar o‘rin olgan. Ronaldu jarohatlardan saqlandi. Buning uchun u maxsas mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqqan. Ronaldu ayni vaqtda jahon chempionatidagi eng yaxshi futbolchi ekani bejiz emas.

Tarkib: Andre Silva yana zaxirada
Marokash - Ispaniya bilan taqqoslaganda butunlay boshqa darajadagi va butunlay boshqa uslubdagi raqibdir. Santush ikkinchi o‘yinda tarkibda ba'zi almashtirishlarni amalga oshirishi mumkin. U Guedesh o‘rniga Silvani tushirib, yanada hujumkorroq uslubdan foydalansa bo‘lardi. Ammo u birinchi o‘yindagi hujum chizig‘ini o‘zgartirmadi.

Tarkiblar:
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva, Joau Mariu, Ronaldu.
Marokash –  Muhammadiy, da Koshta, Benatiya, Hakimi, Dirar, Belxanda, Bussufa, Ziyosh, El-Ahmadi, Amrabat, Butaib.

Marokashning afzalliklari va kamchiliklari
Eron bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan marokashliklarni Portugaliyaga qarshi o‘yinda g‘alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Yana bir mag‘lubiyat jamoani pley-off bosqichidan mahrum etadi. Marokash texnik futbolchilardan tarkib topgan, Ziyosh, Harit va Belanda ijodkorlar vazifasini o‘taydi. Shu bilan birgalikda marokashliklarda hujumlarni yakunlashda muammolar bor. Ularga sovuqqonlik yetishmaydi, futbolchilar muhim vaziyatlarda individual mahorat ko‘rsata olishmaydi. 

Marokash odatda 4-2-3-1 sxemasidan foydalanib kelgan. Ammo bu safar murabbiy Erve Renar 3 himoyachi bilan o‘ynashi mumkin. Jamoa qarshi hujumlardan umid qilmoqda.

Portugaliya – Marokash
20 iyun. Moskva. «Lujniki» stadioni. 17.00 (Match TV).
Hakamlar: GeYGeR (AQSh). Fletcher (Kanada), Anderson (AQSh).

Mavzuga oid