07:44 / 20.06.2018
11028

Toshkent viloyatidagi kasalxona va stomatologiya poliklinikasi sotuvga qo‘yildi

Majburiy ijro byurosi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” Toshkent viloyatidagi bo‘sh turgan sobiq maktabgacha ta'lim muassasasini, Bekobod shahridagi tibbiy diagnostika markazini, Ohangaron tumanidagi stomatologiya poliklinikasini hamda bir davlat obektlarini sotuvga qo‘ydi. 

Xususan, Qibray tumanidagi omborxona binosi 555 mln 300 ming so‘mga sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, “Orzu bolalar dam olish maskani bino-inshootlari” 1 mlrd 235 mln 390 ming so‘mga sotilmoqda.

Foto: e-auksion.uz

Bo‘stonliq tumanidagi dispanser bino va inshootlari 1 mlrd 435 mln 657 ming so‘mga sotuvga qo‘yildi. “Agromir G‘azalkent” MChJ QKning dam olish maskani 1 mlrd 50 mln so‘mga sotilyapti. Angren shahar “Nurobod” kasalxonasi - 14 mlrd 102 mln 844 so‘m, Bekobod shahridagi tibbiy diagnostika markazi - 1 mlrd 429 mln 820 ming so‘m.

Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz

Toshkent viloyatidagi bo‘sh turgan sobiq maktabgacha ta'lim muassasasi 499 mln 210 ming so‘mga sotilayotgan bo‘lsa, Ohangaron tuman stomatologiya poliklinikasi - 999 mln 842 ming so‘m. 

Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz

Eslatib o‘tamiz, auksion savdolari haqida batafsil ma'lumotlar www.e-auksion.uz saytida keltirilgan.

Top