Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda endi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga chek qo‘ygan xodimlar oy yakunida mukofotlanadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilanishicha, 2018 yil 1 avgustdan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash kuchlari tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga har oylik ish yakuni bo‘yicha patrullik hududida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga bevosita chek qo‘yganligi, ularni aniqlaganligi yoki fosh etganligi, shuningdek, tergov va suddan yashiringan shaxslarni ushlaganligi uchun lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibi o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga sutkaning kechki va tungi vaqtida protsessual harakatlarni o‘tkazishda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ularga malakali yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda Kontseptsiya talablarini inobatga olgan holda ikki hafta muddatda:
jamoat tartibini ta'minlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o‘tash tartibini, jumladan, avtomobillarda va piyoda patrullik qilishning aralash uslublari mexanizmini nazarda tutgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
amaldagi patrul yo‘nalishlarining joylashuvini o‘zgaruvchan operativ va kriminogen vaziyatga muvofiq tarzda jamoat tartibini saqlash kuchlarini tezkor harakatlantirish mexanizmini joriy etgan holda qayta ko‘rib chiqadi;
sutkaning oraliq vaqtiga muvofiq jamoat tartibini ta'minlash kuchlari shaxsiy tarkibining qayta taqsimlanishini ta'minlaydi;
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash bo‘yicha o‘z xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatining samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi.
Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Kontseptsiyaga muvofiq sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan hamda faoliyat yuritayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil etish va buning uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
16:28 / 13.06.2026