Sport | 22:03 / 20.06.2018
7294
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Urugvay Saudiya Arabistonini yengib, keyingi bosqichga chiqdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

A guruhida Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bellashdi. Janubiy amerikaliklar o‘yinda katta tashabbusga ega bo‘lsa-da, o‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. 23-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni Luis Suares darvozaga aniq yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Bu natijadan so‘ng, A guruhidan Rossiya va Urugvay muddatidan oldin nimchorakfinalga yo‘l olishdi.

25 iyun kuni bu terma jamoalar guruh g‘olibini aniqlash maqsadida maydonga tushishadi. 

JCh-2018, A guruhi
Urugvay – Saudiya Arabistoni 1:0 
20 iyun, Rostov-na-Donu, «Rostov-Arena» stadioni
Gol: 1:0 – 23 Suares. 
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.
Saudiya Arabistoni – Al-Uvays, Xavsaviy, Ash-Shaxroniy, Al-Burayk, Al-Bulayxiy, Al-Jasim (Al-Mojaviy, 44), Utayf, Al-Faraj, Ad-Dosariy, Baxibriy (Kanno, 75), Al-Muvallad (As-Saxlaviy, 78).

Mavzuga oid