2034 yilgi jahon çempionatining qaysi mamlakatda ötkazilişi ma’lum böldi.

FIFA 31 oktyabrga qadar mezbonlik uçun arizalarni qabul qildi. Unga köra, faqatgina Saudiya Arabistoni JÇ-2034 mezbonligi uçun rasman ariza topşirdi. Şu tariqa, 2034 yilgi mundialga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilişi ma’lum böldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham JÇ-2034 Saudiya Arabistonida ötkazilişini tasdiqlab, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda post qoldirgan.

«Futbol dunyoni birlaştiradi», - deya yozadi FIFA prezidenti.

Avvalroq, Avstraliya JÇ-2034 mezbonligi uçun ariza topşiriş fikridan qaytgani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, JÇ-2026 AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötsa, JÇ-2030 Urugvay, Paragvay, Argentina, Marokaş, Ispaniya va Portugaliyada ötkazilişi ma’lum qilingandi.