O‘zbekiston | 22:50 / 21.06.2018
16608
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro armiya o‘yinlariga tayyorgarlik boshlandi    

Chirchiq garnizonida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati (HAN) inspeksiyasi tomonidan avgust oyida o‘tkaziladigan Xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” musobaqasida ishtirok etuvchi jamoa puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar beradi  Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tayyorgarlik dasturi doirasida xayrli ishga qo‘l urildi - HAN inspeksiyasi tashabbusi bilan Chirchiq shahrida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari holidan xabar olindi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shundan so‘ng Mudofaa vazirligi HAN xodimlari bilan o‘quv yig‘ini tashkil etildi. Unda istiqboldagi rejalar, harbiy avtomobillarning xavfsiz harakatini ta'minlash choralari, bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklar hamda ArMI-2018 doirasida o‘tkaziladigan “Yo‘l patruli” halqaro musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga doir vazifalar belgilandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yig‘indan so‘ng “Chirchiq” poligonida “Yo‘l patruli” musobaqasi ishtirokchilari saralash sinovlaridan o‘tkazildi. 

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ball jamg‘argan kapitan Dilshod Toshpo‘latov, serjantlar Abdulla Hakimov, Siddiq A'zamov, Farhod Musayev va Avaz Yoqubov (texnik nazoratchi Ikrom Alimov) nufuzli musobaqada ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarga Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Mavzuga oid