Xalqaro Mehnat tashkiloti rahbari yil oxirida O‘zbekistonga keladi
Xalqaro Mehnat tashkiloti bosh kotibi Gay Rayder 2018 yil oxirida O‘zbekistonga keladi. Bu haqda XMTning O‘zbekistondagi katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup kasaba uyushmalari Federatsiyasida tashkil etilgan seminar-treningda qilgan chiqishida ma'lum qildi. U Jyenevadagi xalqaro anjumanda qatnashib, Toshkentga qaytganini aytar ekan, xalqaro tashkilotlar, XMT ham O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarni kuzatishga katta qiziqish bildirayotganini bildirdi.
“Yirik xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Xalqaro Mehnat tashkiloti ham O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarga qiziqish bildirmoqda. Ular O‘zbekistondan ajoyib xabarlarni eshitib, ko‘rayotganlari bois, yanada ko‘proq bilishni xohlashmoqda, menga ham ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi. Xususan, Jyenevada OAVlaridan biriga intervyu berish orqali dunyoga O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlashga muvaffaq bo‘ldim.

Qayd etishim kerak, XMT bosh kotibi Gay Rayder ham O‘zbekistonda mehnat munosabatlari sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarni shaxsan kuzatib bormoqda. U bu o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, yaqindan tanishish maqsadida shu yilning dekabr oyida mamlakatingizga tashrif buyuradi. Butun dunyo bizni kuzatib turgan ekan, keling, barchasini to‘g‘ri bajaraylik”, - dedi Yonas Astrup.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi majburiy mehnat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda, barcha xoh u jurnalist, prokuror, ichki ishlar xodimi, xoh mehnat inspektori yoki kasaba uyushmasi vakili bo‘lsin, o‘z majburiyatidan kelib chiqqan holda hissa qo‘shishi, vazifasini bajarishi kerak bo‘ladi.
“Men davlat rahbari Mirziyoyevning majburiy mehnat borasidagi qarashini takrorlashga zarurat yo‘q deb o‘ylayman. Aksincha, barchamiz uning so‘zlari amaliyotga joriy qilinishida faollik ko‘rsatishimiz kerak”, dedi XMT katta texnik maslahatchisi.
Uning ta'kidlashicha, yaqinda Qoraqalpog‘istonda 80 nafar talabani majburiy mehnatga jalb qilgan rahbarlar ishdan olingani va buning OAV orqali keng yoritilgani davlatning bu boradagi siyosati so‘zdan amalga ko‘chganining ifodasidir.

“Men yana bir marta shuni ta'kidlamoqchimanki, Xalqaro Mehnat tashkiloti O‘zbekiston hukumatining mehnat munosabatlari sohasida amalga oshirayotgan islohotlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash barobarida, bu yerda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rishdan juda mamnun. Shunday ekan, siz bugungi natijalarga erishayotganlaringizdan faxrlansangiz bo‘ladi.
Shu bilan birga biz yo‘limizda davom etishimiz kerak. Tez orada O‘zbekistonda majburiy mehnat batamom yo‘qotildi, deb baralla ayta olamiz. O‘ylaymanki, boshqa mamlakatlar bu borada O‘zbekistondan o‘rnak ola boshlashadi”, - dedi Yonas Astrup.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
-
Fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:30
-
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Jahon | 14:25
-
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

17:36 / 10.12.2024