Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Kim Chen In bilan uchrashuvda uni o‘ldirish istagida ekanligini aytgan
Vanity Fair nashri AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 9 may kuni Pxenyandagi uchrashuvidagi ba'zi qiziq tafsilotlardan xabar topdi. Jumladan, nashrning Markaziy razvedka boshqarmasidagi manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, Pompeo uchrashuvda Kim Chen Inni yo‘q qilish istagidaligini yashirib o‘tirmagan.
Nashrning ta'kidlashicha, 2017 yilda Pompeo Shimoliy Koreyadagi tuzumni o‘zgartirish imkoni haqida gapirganda, ko‘pchilik odamlar Kim Chen Inning ketishini istashlarini aytgan.
Kim Chen In Pompeo bilan uchrashuvda unga aynan shu so‘zlarini eslatib o‘tgan. Biroq Pompeo bu vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va undan yumor bilan chiqib ketgan.
“Pompeo qilt etmagan. MRB direktori (Pompeo avval shu lavozimni egallagan – tahr.) hazillashib, Kim Chen Inni hamon o‘ldirish istagida ekanligini aytgan va ularning ikkisi kulib yuborishgan”, deb eslagan voqeani manba.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026