Jahon | 11:07 / 21.06.2018
4366
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya BAA fuqarolariga koinotga muntazam parvozlar bo‘yicha taklif beradi

Foto: Aleksey Filippov/RIA «Novosti»

Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari 2020 yildan so‘ng «Soyuz» kemalarida Amirlik fazogirlarining Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) muntazam parvozlari ehtimolini muhokama qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» raketa-kosmik sohadagi manba ma'lumotiga asosan xabar berdi.

Roskosmos xabariga ko‘ra, Rossiya va BAA hozirgi paytda Rossiyaning «Soyuz MS-12» bortida XKSga Amirlikdan bo‘lgan bir fazogirni tanlab olish, yuborish va parvoziga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzolagan.

«Hozirda bitta qisqa muddatli parvoz to‘g‘risida kelishuvga erishildi, biroq davomiyligi 30-40 sutka bo‘lgan parvozlar seriyasi haqida muzokaralar davom etmoqda», - degan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amirlik fazogirlari Amerika xususiy kosmik kemalari uchirila boshlangach, parvozlar seriyasiga qo‘yiladi. Bu paytda xorijiy astronavtlar o‘z kemalarida XKSga parvoz qiladi hamda Rossiyaning «Soyuz»ida bo‘sh joylar paydo bo‘ladi.

Uning ta'kidlashicha, gap koinotga 2020 yildan so‘ng parvoz qilish haqida bormoqda.

«Hozirgi paytda aniq muddatlar yo‘q», - deya xulosa qilgan manba.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid