O‘zbekiston | 20:50 / 21.06.2018
27121
3 daqiqa o‘qiladi

Sultonovning «O‘zbekneftegaz»dagi birinchi o‘rinbosari va «O‘zbekenergo» rahbari jiddiy tanqidga uchradi

Foto: Ulug‘bek Saidov / Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda prezident yoqilg‘i-energetika sohasidagi mas'ullarni loyihalardagi qoloqlik uchun jiddiy tanqid qildi.

«Saidov («O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Saidov - tahr.). «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» oltingugurt olish qurilmasini qurish bo‘yicha loyihaoldi hujjatlari hamda geologiya qidiruv ishlari uchun asbob-uskunalar olish loyihasi bo‘yicha import shartnomasi hali ham ekspertizadan o‘tkazilmagan. «Jizzax neftni qayta ishlash kompleksi», «Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi»ni kengaytirish bo‘yicha shartnomalarni kelishish jarayoni cho‘zilmoqda. 

Saidov, seni ertagayoq ishdan olib tashlayman. Seni qanday bu yerga olib kelganimni bilishing kerak. Aslida hozir qayerda bo‘lishing kerakligini o‘zing ham bilasan. Oxirgi marta ogohlantiryapman. Qo‘lingdan kelmasa, ket.

«O‘zbekenergo» tizimida 4ta loyihani amalga oshirish kechiktirilmoqda. «Taxiatosh issiqlik elektrostansiyasi — Xorazm nimstansiyasi — Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasi qurilishi» loyihalari bo‘yicha ishlar ikki oyga kechikmoqda.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish loyihasining qayta ishlangan texnik-iqtisodiy asosini ekspertiza qilish ham ikki oydan buyon cho‘zilib kelinmoqda.

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida qurish loyihasi bo‘yicha tabiiy gaz bilan ta'minlash yuzasidan tegishli xulosa bo‘lmagani natijasida loyihani amalga oshirish 5 oyga orqada qolmoqda.

Qani Mustafoyev? («O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev - tahr.) Qanaqa safarda? Unda birinchi o‘rinbosari (Ruslan Mubarakshin Gazizovich javob beradi). Mustafoyevga ham ogohlantirish», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» manbasi.

Mavzuga oid