“Özbekneftgaz”ning sobiq raisi Bahodir Siddiqov va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Akmalxon Ortiqov tergovga tortilgani haqida hozirça rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar bor. Davlat rahbari bu ikki idorada “katta taftiş” ketayotganini aytib, ularga mas’ul DXX xodimlarining ham javobgarligini körib çiqişni buyurdi.

Özbekistondagi eng yirik gaz qazib oluvçi kompaniya – davlatga qaraşli “Özbekneftgaz” şirkatining sobiq raisi Bahodir Siddiqov korrupsiyada gumonlanyapti. Kun.uz manbasiga köra, Siddiqov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Unga nisbatan davlat mablağlarini talon-toroj qiliş va boşqa ayblovlar ilgari surilyapti.

Bundan taşqari, xususiylaştiriş siyosatining boş ijroçisi – Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Akmalxon Ortiqov ham qamoqqa olingan.

Bu ikki holat töğrisida 27 yanvar kungi selektorda prezident Şavkat Mirziyoyev ham gapirib ötdi. Davlat rahbarining aytişiça, hozir “Özbekneftgaz” kompaniyasi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligida katta taftiş ketyapti. Ikkala taşkilotda ham milliard-milliard sömlik talon-torojliklar aniqlangan.

Misol uçun, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining mansabdor şaxslari bozor qiymati kamida 250 mlrd sömlik yer uçastkasini yopiq auksionga çiqarib, 120 mlrd sömga sotib yuborgan. Şu sababli kuni keça agentlik direktori Akmalxon Ortiqov işdan olingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev bu haqda gapirarkan, bir savolni örtaga taşladi: “Bu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bölsa, xavfsizlik masalalari uçun mas’ullar qayerga qaragan?”

Prezident DXX raisiga topşiriq berdi: maxsus xizmatlarning “Özbekneftgaz” va Davaktivga mas’ul xodimlarining javobgarligi körib çiqiladi.

“Sotilgan davlat mulklari böyiça har bir holatni sinçkovlik bilan tekşirib, barça korrupsiyaviy sxemalarni foş qilsin va jazo muqarrarligini ta’minlasin”,