O‘zbekiston | 20:30 / 21.06.2018
23244
4 daqiqa o‘qiladi

“Tashkent- Sity” – shahar ichidagi zamonaviy shahar

O‘zbekiston poytaxti Toshkent markazida juda yirik loyiha o‘z ishini boshlaganidan deyarli barcha xabardor. “Tashkent- Sity” loyihasi doirasida shahar ichida dunyo standartlari darajasidagi har tomonlama mukammal va noyob ko‘rinishdagi binolardan tashkil topgan shaharcha bunyod etiladi. Qurilish jarayonlari qanday borayotgani haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shaharcha 90 gektardan ortiq maydonda joylashgan bo‘lib, asosiy loyiha chizmalariga ko‘ra, 8ta lot ya'ni alohida qurilish maydonlariga bo‘lingan. Ma'lum bo‘lishicha, bu yerda o‘ta yuqori tasnifdagi mehmonxona va ofislar uchun biznes markazlaridan tashkil topgan 6ta baland bino, shuningdek, 20ga yaqin aholi turarjoy binolari quriladi. Osmono‘par binolar 22-43 qavatni tashkil etadi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ta'kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda bunday balandlikdagi imorat ilk marotaba aynan “Tashkent- Sity”da bunyod bo‘ladi. Asosiy loyiha o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa-da, 8ta lotning faqatgina 1-5-7-lotlari  arxitektura ko‘rinishi bo‘yicha mutaxassislar tasdig‘ini olgan. Qolganlariga yana o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgacha ko‘rinish va qulayligi bo‘yicha har tomonlama mukammal bo‘lgan bino loyihalarida asosan Turkiya, Italiya kabi xorijiy hamkorlar bilan birga ish olib borilmoqda. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

5-lot bosh arxitektori Erkadir O‘zdemir shunday deydi:

- 6 oy davomida jadal ishlar olib borilayotgan mazkur loyihani tanlab olgunimizcha ancha vaqt ketdi. Bu juda murakkab masala. Zero, biz ko‘zda tutgan “Tashkent- Sity” shaharchasidagi har bir bino o‘zining takrorlanmas, zamonaviy ko‘rinishda va har tomonlama qulay, zamon talablariga mos, innovatsion yutuqlariga ega bino bo‘lishi shart. Qog‘ozlardagi chizmalar o‘z tasdig‘ini topgach maketlarga ko‘chiriladi. Uning ham ustida ishlab bo‘lingach, chizmalarni reallikka olib chiqish uchun qurilish ishlarini boshladik.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Men 1997 yil O‘zbekistonga kelgan bo‘lsam, mazkur loyiha hayotimdagi eng murakkabidir. Demakki, juda katta mas'uliyat va hayajon meni tark etmayapti. Bu yerda har bir insonning o‘z ishi bor, birgalikda harakat qilmoqdamiz. Katta natijaga erishamiz, degan umiddaman. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Birgina 5-lotdagi ish jarayonini kuzatadigan bo‘lsak, bu yerda kunduzi 730,  kechki smenada 220 nafardan ziyod quruvchilar ish olib bormoqda. Jadal sur'atlar bilan olib borilayotgan “Tashkent- Sity”ning qurilish jarayoni haqidagi yangiliklardan keyingi maqolalarda batafsil ma'lumot beriladi. 

Mavzuga oid