09:00 / 21.06.2018
15254

Uchta terma jamoa muddatidan avval mundial bilan xayrlashdi

Saudiya Arabistoni JCh-2018 guruh bosqichi ikkinchi turida Urugvayga qarshi o‘ynab, 0:1 hisobida yutqazdi.

Bu saudiyaliklar uchun turnirdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Birinchi turda Xuan Antonio Pitstsi jamoasi Rossiyaga 0:5 hisobida yutqazdi. Shu tariqa, Saudiya Arabistoni muddatidan ilgari A guruhidan pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Saudiyaliklar Urugvayga mag‘lub bo‘lishi guruhdagi yana bir jamoa - Misrning pley-offga chiqish uchun nazariy imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi, birinchi turda Urugvayga (0:1), ikkinchi  Rossiyaga (1:3) yutqazgan misrliklar Urugvay keyingi ikki turda mag‘lub bo‘lishi evaziga pley-off bosqichi uchun imkoniyat saqlab turgandi.

Bugun shuningdek B guruhida Marokash Portugaliyaga yutqazdi va ikki turda bitta ham ochko olmagan holda muddatidan avval turnirni tark etdi.

Ikkinchi tur o‘yinlari yakunlariga ko‘ra Rossiya va Urugvay muddatidan avval JCh-2018 pley-off bosqichining ilk ishtirokchilari bo‘lishdi. Bu terma jamoalar 6tadan ochko jamg‘argan.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top