22:20 / 21.06.2018
29710

Zominda mikroGES ishga tushirildi

Foto: kun.uz

O‘zbekistonda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga juda katta e'tibor berilmoqda. Yirik, o‘rta va kichik GESlarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda ularning jadallik bilan qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan Zomin suv ombori qoshida mikroGES qurish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur obektni sifatli hamda o‘z vaqtida topshirish yuzasidan barcha choralar ko‘rilyapti. 

MikroGESlarni qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida XXRning «Dongfang Electric International Corporation» kompaniyasi bilan Jizzax viloyatidagi Zomin suv omborida va Zomin suv omboridan chiqish kanalida jami 4ta mikroGES qurish doirasida uskunalarni yetkazib berish shartnomalari imzolanib, umumiy qiymati 312 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi uskunalar yetkazib berildi.

MikroGES loyihasi “Gidroproyekt” AJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish ishlarini “O‘zbekgidroenergo” AJ ti tarkibiga kiruvchi “Maxsusgidroenergomontaj” UK olib bordi.

Natijada Zomin mikroGES belgilangan muddatdan ilgari ishga tushirildi. 

Top