Yiğilişda qayd qilinişiça, Özbekistonda 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar mavjud. Bu manbalar nafaqat içimlik suvi va suğoriş, balki energetika, iqtisodiyot hamda ekologiya nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega.
Bugungi kunda elektr energiyasi işlab çiqarişning katta qismi tabiiy gaz va kömirga boğliq. Gidroenergiya uluşi esa 10-12 foiz atrofida.
Taqdimotda 2026-2032 yillarda umumiy qiymati 5,8 milliard dollar bölgan 73 ta istiqbolli loyihani amalga oşiriş rejalari körib çiqildi. Buning natijasida qöşimça 3,6 gigavatt quvvat yaratilişi kutilmoqda.

Joriy yilda 13 ta GES foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Ularning umumiy quvvati 114 megavatt, yillik işlab çiqariş hajmi esa 537 million kilovatt-soatni taşkil etadi. Mazkur loyihalar doirasida 254 ta iş örni yaratiladi. Bunga qöşimça Böstonliq tumanida 28 million dollarlik grantlar hisobidan 20 megavatt quvvatli şamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Yirik loyihalar qatorida Böstonliq tumanidagi Yuqori Pskom GES qurilişi alohida ahamiyatga ega. Qiymati 365 million dollar bölgan mazkur loyihaning quvvati 160 megavatt, yillik işlab çiqariş hajmi 484 million kilovatt-soat böladi. Bu 161 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaş imkonini beradi. Loyihada mahalliy komponentlar uluşi 82 foizni taşkil etadi.
Farğona viloyati Söx tumanida “milliy loyiha” tamoyili asosida Söx GES qurilişi rejalaştirilgan. Quvvati 15 megavatt böladigan uşbu stansiya yiliga 50 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarib, tumandagi elektr ehtiyojining 71 foizini barqaror ta’minlaşga xizmat qiladi.

Yuqori Töpalang hududining gidroenergetika salohiyati ham körib çiqildi. “Töpalang” suv omboriga quyiladigan daryo va soylarda 42 ta kiçik GES quriş orqali 541 megavatt quvvat yaratiş, yiliga qariyb 1,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyati mavjud.
Dunyo amaliyotida gidro töplaş elektr stansiyalarini quriş orqali energiyani saqlaş va qayta taqsimlaş tizimlari keng joriy etilayotgani ta’kidlandi. Mamlakatda ilk bor umumiy quvvati 1,4 gigavatt bölgan 3 ta şunday stansiyani barpo etiş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.














