Jamiyat | 15:56 / 23.06.2018
6149
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda YPX avtomobillari tashqi ko‘rinishi o‘zgardi

Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmatining avtoparki bosqichma-bosqich yangilab borilmoqda, deb xabar berdi poytaxt IIBB axborot xizmati. 

Yangi avtomobillar inspektorlarning kundalik xizmati uchun zarur bo‘lgan barcha zarur aloqa vositalari hamda tashqi va salon ichini doimiy tasvirga olishga mo‘ljallangan kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. 

Xizmat avtomobilining tashqi bezagi esa aholining e'tiborini tortmoqda.

Mavzuga oid